Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan dolzarb mavzuda seminar tashkil etildi.
🔹 Seminarda markaz xodimlari hamda tinglovchilar ishtirok etib, onlayn firibgarlik va raqamli o‘g‘riliklarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim bilim va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
🔹 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari, ularning oldini olish usullari hamda internet makonida ehtiyotkorlik bilan harakat qilish yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
🔹 Mazkur seminar ishtirokchilarning axborot xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.








