Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi D.Jonibekov tomonidan informatika va axborot texnologiyalari kursi tinglovchilari uchun “Fanni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
💻 Ochiq dars davomida zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, darslarni innovatsion yondashuv asosida tashkil etish haqida atroflicha ma’lumot berildi.
✍️ Tinglovchilar amaliy misollar orqali sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘z tajribalarini boyitishdi.








