Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari — matematika fani metodisti J.Rasulov hamda geografiya va IBA fanlari metodisti A.Yo‘ldoshev tomonidan Sardoba tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kursdan keyingi faoliyatni o‘rganish ishlari olib borildi.
✍️ Tashrif davomida matematika fani o‘qituvchisi Sh.Abdumo‘minovaning 9-sinfda o‘tkazgan “X-faktor matematika” mavzusidagi ochiq darsi kuzatilib, tahlil qilindi. Dars yakunida o‘qituvchi esdalik sovg‘a hamda markaz direktorining maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
✍️ Shuningdek, pedagoglar uchun “Theteacherscorner.net” ta’limiy platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etilib, uning imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
✍️ Geografiya fani o‘qituvchisi B. Norqulovaning 9-D sinfda o‘tkazgan “Nigeriya Federativ Respublikasi va Misr Arab Respublikasi” mavzusidagi darsi ham tahlil qilinib, o‘qituvchiga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berildi.







