Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Aniq, tabiiy fanlar, maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi B. Atayeva boshchiligida “PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qish savodxonligini oshirish yo‘llari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✍️ Tadbirda M. Kulaxmetova, Boyovut tumani 17-maktab o‘qituvchisi J. Xudoyberdiyev, Xovos tumani 12-maktab o‘qituvchisi O. Sultonova hamda Boyovut tumani 7-maktab o‘qituvchisi Z. Xotamova ishtirok etdilar.
✍️ Davra suhbati davomida PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasida o‘qish savodxonligini rivojlantirish, o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini oshirish hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali samarali metodlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.











