Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Islom taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida viloyatdagi maktabgacha ta’lim mutaxassislari, metodistlari va mentorlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasidagi o‘quv-trening mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda.