Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodisti M. Gulboyeva tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun “Metodik mahorat – sifatli ta’lim asosi” mavzusida metodist soati tashkil etildi.

✍️ Tadbir davomida ​pedagogik faoliyatni rejalashtirishning zamonaviy talablari, bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar hamda guruhlarda ishlashning kreativ usullari amaliy mashqlar orqali ko‘rsatib berildi.

​✍️ Mazkur mashg’ulot davomida pedagoglar bolajonlar bilan ishlashda yangi motivatsiya va innovatsion g‘oyalarga ega bo’ldilar.