Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi texnologiya yo‘nalishi katta o‘qituvchisi Q.Fayzullayev hamda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari J.Kenjayev va J.Rahmonqulovlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.
🫥 Malaka oshirish kurslari doirasida ta’lim bo‘yicha xalqaro ekspert, UNICEF (Portugaliya) vakili Frederiko Karvalho tomonidan “Ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” mavzusida seminar o‘tkazildi.
🫥 O‘quv mashg‘ulotlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan zamonaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan yangi o‘quv reja va dasturlarga muvofiq tashkil etilmoqda.






