Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida hududiy trenerlar uchun Iqlim o‘zgarishi ta’limi yo‘nalishida 3 kunlik o‘quv-seminar treningiga start berildi.
✍️ Mazkur trening “Yoshlar va iqlim ta’limi” loyihasi doirasida tashkil etilib, u yosh avlodda ekologik ong va barqaror rivojlanish qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbus hisoblanadi.
✍️ Loyiha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Zamin fondi hamda Education Above All Foundation hamkorligida amalga oshirilmoqda.
✍️ Seminar davomida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishining dolzarb muammolari, ekologik ta’lim metodikalari hamda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib boradilar.









