Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi, markazlashgan kuchli davlat asoschisi — Amir Temur tavallud topgan kun.

Sohibqiron o‘zining yuksak harbiy salohiyati, strategik tafakkuri hamda adolatli boshqaruv tamoyillari bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan. U barpo etgan buyuk saltanat ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik rivojiga mustahkam zamin yaratgan.

Temur tuzuklari asari orqali davlat boshqaruvi, intizom va adolat borasidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.