Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori G.Berdaliyeva nufuzli EURIE 2026 Summit doirasida o‘z ishtirokini boshladi.
✍️ Mazkur sammit ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma hisoblanadi.
✍️ Sammit doirasida markazimiz rahbari Turkiya milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan samimiy suhbat olib bordi. Ushbu muloqot ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
✍️ Mazkur ishtirok orqali Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining xalqaro hamkorlik doirasi kengayib, ta’lim sifati yanada oshishiga xizmat qiladi.

