Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan nemis va fransuz tili o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy metodlar orqali samarali til o‘qitish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida:
✍️ Interaktiv metodlar va innovatsion ta’lim texnologiyalari tahlil qilindi;
✍️ “Frayer” modeli asosida o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ko‘rsatildi;
✍️ “Rasmlarni bog‘lang” interfaol metodi orqali o‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlashni shakllantirish hamda fanlararo integratsiyani ta’minlash bo‘yicha tajriba almashildi.

✅ Pedagoglar o‘zaro tajriba almashish bilan birga, o‘quv jarayonini yanada qiziqarli tashkil etish bo‘yicha yangi g‘oyalar bilan boyishdi.