Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodistlari tomonidan Boyovut tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish” mavzusida maqsadli o‘quv kursi tashkil etildi.
✍️ Mazkur kurs pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni attestatsiya testlariga samarali tayyorlash hamda test bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
✍️ Mashg‘ulotlar davomida test tuzilishi va baholash mezonlari, mutaxassislik fanlari bo‘yicha savollar qamrovi, pedagogik mahorat talablari, test turlari, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va savollarni tahlil qilish usullari yoritildi. Shuningdek, ishtirokchilar onlayn test sinovlarida ham ishtirok etishdi.
✅ Kurs yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan boyitildi.






