Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan har oy yakunida malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra markazning eng faol va yuqori baholangan o‘qituvchilari e’tirof etib boriladi.
🎚 Mart oyi yakunlariga ko‘ra Aniq, tabiiy fanlar, maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamda Tillar, pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari:
😊 Nizamov Akmal
😊 Donaboyeva Zebuniso
😊 Nazarova Mavluda
malaka oshirish kurslari tinglovchilari tomonidan yuqori baholanib, oyning eng yaxshi o‘qituvchilari sifatida e’tirof etildi.

