Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari — O.Shirinov, M.Nazarova, S.Amanyo‘lov, M.Eshankulova, O. Botirova hamda D.Jonibekovlar tomonidan Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi va Guliston tumanidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbek madaniyati” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

🤔 Mazkur dars davomida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz, boy madaniy merosimiz, urf-odat va an’analarimiz haqida atroflicha ma’lumot berildi. Interaktiv usullar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va madaniyatimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.