🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya Qatar davlati poytaxti Doha shahrida bo‘lib turibdi.
📍 Tashrif doirasida delegatsiya vakillari WISE 12 global sammitida ishtirok etdi.
➖ Tadbirni rasmiy ravishda Shayxa Moza bint Nasir Al-Misned ochib berdi.
Ma’lumot uchun: unda Qatar davlatining oliy martabali mehmonlari, xalqaro tashkilotlar va hukumat vakillari,qator mamlakatlar ta’lim vazirlari hamda elchixonalari rahbarlari ishtirok etdi.
📊 Sammit davomida qatnashchilar tomonidan dolzarb masalalar muhokama etildi:
➖Inson qadriyatlarini markazga qo‘ygan ta’lim,
➖Sun’iy intellekt va texnologiyalar sharoitida insoniy ta’lim modellari,
➖Innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish,
➖Inklyuzivlik, moslashuvchanlik va yoshlarga imkoniyatlar yaratish.
⏰ Shuningdek, tadbir doirasida Ta’lim vazirlari ishtirokida davra suhbati ham bo‘lib o’tdi.
🌐 Unda inson kapitalini rivojlantirishda ta’lim tizimining roli, raqamli yondashuvlar va innovatsion yechimlarning ahamiyati, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.






