✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markaz xodimlari uchun markaz xalqaro maslahatchisi Mr.Jad Borromeo hamda akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Atabayev hamkorligida “From Standard to Scenario: Transforming Assessment with GRASPS” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
🫥 Seminar davomida ishtirokchilar:
⚫️ baholash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar;
⚫️ kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini loyihalash bosqichlari;
⚫️ GRASPS modeli asosida samarali ssenariylar yaratish jarayoni
kabi yo‘nalishlarda chuqur amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

