✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan “Milliy baholash – yangi yondashuv, yangi sifat” mavzusidagi viloyat miqyosidagi o‘quv seminari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
🫥Seminar avval umumiy yig‘ilish tarzida boshlanib, unda milliy baholash tizimidagi yangiliklar, o‘quvchilar kompetensiyasini aniqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar hamda baholash mezonlarining amaliy tatbiqi bo‘yicha muhim metodik tavsiyalar berildi.
🫥Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar sho‘balarga bo‘linib, amaliy fanlar kesimida batafsil muhokama, tajriba almashinuvi va amaliy mashg‘ulotlar bilan davom ettirdilar. Shuningdek, o‘qituvchilarga jismoniy tarbiya darslarida VR texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda pulsometriya tizimi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

