✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida “Milliy baholash – yangi yondashuv, yangi sifat” mavzusida viloyat miqyosidagi o‘quv seminari o‘tkaziladi.

🫥Seminarda milliy baholash tizimidagi yangiliklar, amaliy fanlarda o‘quvchilar kompetensiyasini aniqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, baholash mezonlarining amaliy tatbiqi yuzasidan metodik tavsiyalar beriladi.

🗓 Sana: 2025-yil 21-noyabr
⏰ Vaqt: 14:00