⚫️Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining Pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan M.Eshankulova boshchiligida navbatdagi amaliy master-klass tashkil etildi.
⚫️Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O.Kanimkulov ishtirok etdi va “Xaritalar orqali tarixni o‘qitish: samarali metodlar va yondashuvlar” mavzusida mazmunli ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
🫥 Master-klass davomida:
🟢tarix darslarida xaritalarning o‘rni va didaktik imkoniyatlari,
🟢hududiy tafakkurni rivojlantirish metodlari,
🟢interaktiv xaritalar bilan ishlash yondashuvlari,
🟢dars samaradorligini oshiruvchi amaliy usullar
yuzasidan fikr-mulohaza va tajribalar almashildi.
Ushbu tadbir pedagoglar uchun tarixni o‘qitishda innovatsion, samarali metodlarni amaliy o‘zlashtirishga xizmat qildi.






