✅Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Xitoy ta’limi tajribasi: o‘rganish, tahlil, xulosa” mavzusida vebinar tashkil etilmoqda.

Ushbu vebinarda Pedagogik mahorat markazi direktori G.Berdaliyeva yaqinda amalga oshirilgan Xitoy safari davomida o‘rganilgan ta’lim tizimi, zamonaviy sharoitlar, o‘quv jarayonini tashkil etish tajribalari hamda ilg‘or yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot beradilar.

Vebinarda Xitoy taʼlim amaliyoti bilan tanishish, ilg‘or jihatlarini milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi

🗓 O‘tkazish sanasi: 2025-yil 21-noyabr
⏰Boshlanish vaqti: 10:00
🌐Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87953376629?pwd=R1nLQiXrHNyY4wrM2W1az9cHSv7Xho.1