💠 2025-yil 17-noyabr kuni Boyovut tumani 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlar, innovatsiyalar va ilhomga boy kun bo‘ldi.
⚫️Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha mentor Gulmurodova Sarvinoz va master trener Nasiba Yunusmetova rahbarligida “Sunʼiy intellekt va raqamli dasturiy vositalardan samarali foydalanish” mavzusida KRK jarayonlari tashkil etildi.
⚫️Sun’iy intellekt bugungi ta’lim jarayonini yangilash, darslarga zamonaviy yondashuvni joriy etish va o‘quvchilarning qobiliyatini keng ochib berishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Trening davomida sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari, ijodkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni hamda har bir o‘quvchining individual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdagi afzalliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
⚫️Umumta’lim maktablarida yo‘lga qo‘yilgan uzluksiz malaka oshirish tizimidagi ushbu KRK jarayonlari zamonaviy ta’limning yangi bosqichini boshlab berayotgan muhim amaliyotdir.





