✈️ Maktablarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 500 mln dollarlik loyiha, talabalar almashinuvi va kasbiy ta’limdagi hamkorlik — Xitoyda uchrashuvlar davom etmoqda
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Pekin shahrida bo‘lib turibdi.
➖ Tashrif doirasida, Hilola Umarova:
➖Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Din Suesyang,
➖Xitoy ta’lim vazirligi,
➖ Xitoy Xalqaro ta’lim almashinuvi assosiatsiyasi,
➖Shenyan Pedagogika universiteti,
➖Pekin universiteti,
➖Osiyo infratuzilma investisiyalari banki rahbariyatlari bilan muloqot qildi.
🔰 Uchrashuvlar davomida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalar haqida so‘z yuritildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
⏰ Jumladan, o‘zaro almashinuv dasturlari, kasbiy ta’limda amaliy malaka markazlar, grant loyihalari, Luban ustaxonalarini O‘zbekistondagi texnikumlarda ochish kabi masalalarda kelishuvga erishildi.
🌐 Shuningdek, oliy ta’lim uchun qo‘shma dasturlarni ko‘paytirish, har yili Xitoyda O‘zbekiston ta’lim kunini joriy etish kabi masalalar haqida so’z yuritildi.






