✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasiga qarashli geografiya kursi tinglovchilari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvni kurs rahbari A.Yo‘ldoshev olib borib, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, ta’lim sohasida halollik va shaffoflik madaniyatini mustahkamlashning ahamiyati, pedagogning shaxsiy mas’uliyati va tamoyillarga sodiqlik kabi masalalar yuzasidan batafsil fikrlar bildirdi.
Tadbir davomida tinglovchilar bilan o‘zaro muloqot tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir pedagogning faol pozitsiyasi, xizmat vazifalariga vijdonan yondashish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha taklif va fikrlar muhokama qilindi.





